O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2021 yil 7 apreldagi 32-ls-son buyrug‘i ilovasida tasdiqlangan ishlar rejasining 13 bandida ekspertlar, psixolog hamda taniqli notiqlarni jalb etgan holda, tizim xodimlarining bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 2 dekabr sanasida Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun “Emotsional toliqishning psixologik hususiyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad xodimlarda ish jarayonida vujudga keladigan emotsional toliqish belgilari, kasbiy faoliyatdan qoniqmaslik manbalarini ajratish, stressli holatlardan chiqib ketish yo‘llari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda xodimlarning ish unumdorligini oshirishdan iborat.
Seminar-trening O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi bo‘lim prokurori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Maxmudov Ibroximjon Ismoilovich tomonidan olib borildi. Mutaxassis tomonidan emotsional toliqishning psixologik hususiyatlari yoritib berishda interfaol usullar, psixologik mashqlardan foydalanildi va seminar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir yakunida xodimlar tomonidan shu tarzdagi seminar-treninglar ko‘proq tashkil etilishi yuzasidan takliflar bildirildi.