• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazi hamkorligida “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi 
huzuridagi O'quv markazi hamkorligida “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusida 
onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek salohiyatini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Хodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 11-avgust kuni “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusidagi seminar Zoom-konferensiyasi tashkil etildi. 
       Seminarda Moliya vazirligining Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh  qilish boshqarmasi, Byudjet-soliq  tadqiqotlari instituti, Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh  qilishni muvofiqlashtirish departamenti hamda O‘quv markaz xodimlari ishtirok etdi.
       Seminarda O‘quv markazning Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar byurosi boshlig‘i i.f.n., dotsent Gulnora Achilovna Melibayeva koronavirus pandemiyasi dunyoda tarqalishi holatlari bo‘yicha tahliliy va jahon iqtisodiyotiga bo‘lgan ta’siri, shuningdek koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri hamda inqirozdan 
chiqish ssenariylari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Mavzu doirasida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. 
       Seminar yakunida quyidagi xulosalar berildi:

 

 

•    COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘langan global 
inqiroz - bu oddiy siklik tarzdagi turg‘unlik emas, balki jahon iqtisodiyotining tashkil qilinishi, ijtimoiy tuzumning jiddiy o‘zgarishiga olib kelishga qodir bo‘lgan zarbadir;
•    COVID-19 bilan bog‘liq  inqirozning o‘ziga xos hususiyati - bu ko‘p sonli aholining jabr ko‘rishi va insonlar hayotida fojialar ko‘pligi;    
•    har bir mamlakat mazkur inqirozli vaziyatdan chiqishning o‘z ssenariysini ishlab chiqmoqda;
•    noodatiy inqiroz davrining eng muhim sharti - bu keng miqyosli moliyaviy, texnologik va inson resurslarini barqarorlashtirishdan iborat bo‘lib, bu markazlashgan tizimlarning ustunligidir; 
•    o‘z-o‘zini izolyatsiyalash davrida pandemiya insonlarning barcha hayotiy rejalarini, qadriyatlarini va ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Lekin, bundan juda muhim xulosa kelib chiqadi, ya’ni mamlakatimizning har bir fuqarosi, u 
qayerda va kim bo‘lib ishlashidan q at’iy nazar, iqtisodiyotimiz mustahkam bo‘lishi va bunga o‘xshash dahshatli inqirozlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmog‘i lozimligidir.

 

11.08.2020
250
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов