• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi va Bosh Prokuratura Akademiyasi hamkorligida “Korrupsiya profilaktikasi, uning sabablari va oqibatlarini bartaraf qilish” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining 1-3-bandlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy tadbirlarning ichki idoraviy dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika idoralararo komissiyasining 2019-yil 31-iyuldagi 19/10a-19-son topshiriq xati asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining 14-bandiga muvofiq Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar byurosi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlar hamda ularning hududiy idoralari mutaxassislarini jalb qilgan holda, korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga doir mavzularni tushuntirib berishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda 2020-yil 15-sentabr kuni “Korrupsiya profilaktikasi, uning sabablari va oqibatlarini bartaraf qilish” mavzusida (Zoom ilovasi orqali) vebinar tashkil etildi. 

O‘tkazilgan seminarda Moliya vazirligining markaziy apparati va barcha tarkibiy bo‘linmalardan xodimlar bevosita ishtirok etdilar.

Ushbu onlayn seminarni O‘quv markazi direktori – Iroda Gafurovna Xamidova kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘zni ma’ruzachi – Bosh Prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi rahbari, yuridik fanlar doktori Bahodir Islamovich Ismoilovga berdi.

O‘tkazilgan mazkur onlayn seminarda ma’ruzachi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shu bilan birga, korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga sharhlar; 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat dasturi, uning talablari to‘g‘risida; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston va jahon mamlakatlari taqqoslanganligi misolida idoraviy chora-tadbirlar haqida; O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini bir nechta ko‘rinishlari; shuningdek, korrupsiya illatini oldini olishda O‘zbekiston va jahon tajribasi, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining rivojlanganlik darajasi xususida ko‘plab ham nazariy, ham amaliy yondashuvlar bilan ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida O‘quv markaz professor-o‘qituvchilari hamda seminar ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzachiga savol va takliflar berib borildi.

15.09.2020
308
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов