Joriy yilning 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining masofaviy malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya bosh boshqarmalarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limlari hamda tumanlar va shaharlar moliya bo‘limlarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish asoslari” mavzusida onlayn shaklda davra suhbati o‘tkazildi.
O‘tkazilgan davra suhbatida Moliya vazirligining Markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu davra suhbati Moliya vazirligi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jasur Buriyev hamda ushbu boshqarma xodimi Sahobiddin Davranov, shuningdek O‘quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi mudiri Baxtiyor Kayumov, kafedra o‘qituvchisi Abror Amirov tomonidan olib borildi.
Davra suhbati davomida hududlarda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilindi, jarayonda ishni samarali tashkil etish bo‘yicha tajribalar almashildi.
Shuningdek, tinglovchilar tomonidan sohaga oid savollar va amaliy takliflar berildi, bundan tashqari ushbu sohani yanada rivojlantirishda moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.