• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida “Soliq tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi
va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida
“Soliq tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar” mavzusida
onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 13-avgust kuni “Soliq tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar” mavzusida (Zoom ilovasi orqali) vebinar shaklida onlayn seminar tashkil etildi. 
    O‘tkazilgan seminarda Moliya vazirligining markaziy apparati va barcha tarkibiy bo‘linmalardan hodimlar bevosita ishtirok etdilar. 
    Seminar O‘quv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi   Aripova Nasiba Azadovna tomonidan olib borildi. Ushbu seminarda Davlat moliyasiga oid so‘nggi davrda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tahlili, yangi tahrirdagi “Soliq kodeksi”ning mazmun-mohiyati hamda soliq islohotining asosiy o‘zgarishlari, shuningdek koronavirus pandemiyasi davrida soliq tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar, davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning ulushi, 2020-yil uchun belgilangan soliq stavkalari, maxsus soliq rejimlari, soliq nazorati turlari, koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar hamda 2020-yil 1-yarim yilligida soliqlar bo‘yicha tushumlar tahlili masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, mavzuni yoritishda N. Aripova zamonaviy dars o‘tish metodlaridan to'liq  foydalangan holda slaydlar, infografikalar hamda video roliklardan foydalandi.   


    O‘tkazilgan onlayn seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Seminar yakunida savol-javoblar berib borish bilan birga, takliflar ham kiritildi.
    O‘tkazilgan seminarning asosiy maqsadi - Inson resurslarini rivojlantirish tamoyili asosida xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini hamda salohiyatini oshirish, shuningdek kasbiy mahoratlarini rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘ldi.


    Ta’kidlash joizki, bu kabi onlayn seminarlarni tashkil etish 2020-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan bo‘lib, har oy davomida o‘tkazib boriladi. 
 

13.08.2020
258
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов