• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati va hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari uchun “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” hamda ...

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati
va hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari uchun
“Jamiyat barqarorligini ta’minlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” hamda 
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari konsepsiyasi” 
mavzularida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

   O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 
2020-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘quv markazi tomonidan Moliya vazirligi tizimidagi xodimlar uchun mo‘ljallangan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” hamda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari konsepsiyasi” mavzularida (Zoom ilovasi orqali)  navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi.
   Vebinar shaklida o‘tkazilgan onlayn seminarda Moliya vazirligining markaziy apparati va barcha tarkibiy bo‘linmalardan xodimlar bevosita ishtirok etdilar. 
Seminar Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi” kafedrasi mudiri Mavluda Muradovna Abdujamilova hamda O‘zDJTU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Vaxob Xoshimovich Qo‘chqorovlar tomonidan olib borildi.   
   Ma’ruzachi Mavluda Abdujamilova o‘zining “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” nomli taqdimotida g‘oyaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, uning mohiyati va falsafiy talqini, xususiyatlari va turlari, g‘oya va mafkuraning o‘zaro bog‘liqligi, g‘oyaviy bo‘shliq va mafkuraviy immunitet tushunchalarini yoritib berdi. Shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burchi va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan mezon ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. 
   Ikkinchi  ma’ruzachi Vaxob Qo‘chqorov “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” nomli taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-apreldagi  Farmoyishiga asosan ishlab chiqilgan va xalq muhokamasida bo‘lgan “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng yoritib berdi. Mazkur konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etganligini, shuningdek O‘zbekistonning milliy g‘oyasi va milliy g‘oyaning dunyo tajribasidagi o‘rni va ahamiyati, xususiyatlariga ham alohida to‘xtalib, tahliliy xulosalar berib o‘tdi.


   O‘tkazilgan seminarni ishtirokchilar katta qiziqish bilan qabul qilishdi. Seminar yakunida ma’ruzachilar ishtirokchilar tomonidan berilgan mavzuga doir savollarga bevosita javob berdilar, shu bilan birga ishtirokchilar tomonidan bu kabi seminarlar bardavom bo‘lishligi, moliya va iqtisod sohasiga oid tahliliy ma’ruzalarni ko‘paytirish kerakligi haqida takliflar ham kiritildi. 
   Ta’kidlash joizki, vebinar shaklida o‘tkaziladigan seminarlarni tashkil etish 2020-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan bo‘lib, har oyda o‘tkazib boriladi

 

 

 

 

 

 

04.09.2020
222
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов