• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekistonda fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishning dolzarb masalalari mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “2025–2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi”da makroiqtisodiy va fiskal prognozlarning sifatini oshirish, tahliliy salohiyatni rivojlantirish hamda makroiqtisodiy modellardan foydalanish kompetensiyalarini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2025-yil 3-dekabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun “O‘zbekistonda fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida O‘zbekistondagi mavjud makroiqtisodiy vaziyat, asosiy nomutanosibliklar, makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishning maqsadlari va tamoyillari, shuningdek, fiskal va monetar siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar makrofiskal prognozlash, iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va fiskal va monetar siyosatda qo‘llaniladigan modellar haqida amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbirda Toshkentdagi Webster University professori, iqtisod fanlari doktori (DSc) Xudoynazarov Ashurali Kurbanaliyevich ma’ruza bilan ishtirok etib, makrofiskal barqarorlik modellari, fiskal va pul-kredit siyosatni muvofiqlashtirishning institutsional asoslari va xalqaro amaliyotdagi ilg‘or yondashuvlar haqida ma’lumotlar berdi.

Seminar doirasida vazirlik xodimlari tomonidan berilgan savollarga iqtisodchi-ekspertlar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Shu bilan birga, mamlakatdagi asosiy makroiqtisodiy muammolar, fiskal siyosatning samaradorligi, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabat, institutsional islohotlarning ahamiyati kabi masalalar keng muhokama qilindi.

O‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur mahorat darsi strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish, davlat moliyasini boshqarish sohasida tahliliy salohiyatni oshirish, kadrlarning makroiqtisodiy modellashtirish hamda prognozlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

03.12.2025
77
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов