Auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmini yaratish maqsadida 2021-yil 25-fevralda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi va u 27-maydan kuchga kirdi.
Mazkur qonunda to‘g‘ridan – to‘g‘ri amal qiladigan yangi normalar o‘z aksini topgan. Jumladan, Qonunning 9-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishi belgilangan. Ushbu norma qo‘llanilishi xalqaro standarlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining kengayishiga hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshishiga olib keladi
Shulardan kelib chiqib, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilgan yangi normalarni hisobga olgan holda, quyida keltirilgan 21 ta Auditorlik faoliyatining milliy standartlarining (AFMS) o‘z kuchini yo‘qotish to‘g‘risida Moliya vazirining buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi:
1. 3-son AMA “Auditni rejalashtirish”;
2. 4-son AMS “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo‘yiladigan talablar”;
3. 5-son AMS “Auditor ishi sifatini nazorat qilish”;
4. 6-son AMS “Auditni hujjatlashtirish”;
5. 9-son AMS “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi”;
6. 10-son AMS “Moliya hisoboti tarkibida boshqa ma'lumotlar”;
7. 11-son AMS “Komp'yuterda ishlangan ma'lumotlar (KIM)ning auditi”;
8. 12-son AFMS “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash”;
9. 13-son AMS “Tahliliy tadbirlar”;
10. 14-son AMS “Auditorlik tanlash”;
11. 16-son AMS “Ekspert ishidan foydalanish”;
12. 24-son AFMS “Moliyaviy hisobotda buzilishlar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakati”;
13. 25-son AFMS “Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish”;
14. 31-son AFMS “Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt faoliyati bilan tanishuv”;
15. 50- son AFMS “Auditorlik dalillari”;
16. 55-son AFMS “O‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha auditorlik dalillarini olish taomillari”;
17. 56-son AFMS “Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar”;
18. 60-son AFMS “Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish”;
19. 70-son AFMA “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi”;
20. 80-son AFMS “Maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti”;
21. 90-son AFMS “Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari”.
Mazkur buyruq loyihasi belgilangan tartibda keng jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati