• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi iqtidorli yoshlarni va bilimli mutaxasislarni ilm-fanga yo‘naltirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Bugungi kunda respublikamizda O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti sifatida ilm-fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish maqsadida ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ilm-fan natijadorligini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunida ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib bu sohada mamlakatimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ham “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da tizimda faoliyat olib borayotgan iqtidorli yoshlarni va bilimli mutaxasislarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fanga keng jalb qilish va ilmiy salohiyatni oshirish borasida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, yosh bilimli mutaxassislarni ilm-fanga qiziqtirish va ilmiy faoliyatga jalb etish hamda yosh iste’dod egalarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilmiy ijodga va ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, shuningdek tizim xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida vazirlik tizimidagi mutaxassis xodimlar uchun 2021 yil 15 sentabr kuni “Ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligi: tadqiqot bosqichlari va yo‘nalishlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan tashkil qilindi va uni markaz direktori I. Hamidova kirish so‘zi bilan ochdi.

Seminarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish uchun dissertatsiya mavzularini tanlash va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, dissertatsiya ishlariga qo‘yiladigan talablar, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek ilmiy-amaliy loyihalarni tayyorlash, loyihalar tanlovida ishtirok etish, loyihalarni rasmiylashtirish va taqdim etish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining ma’sul xodimlari taqdimotlar o‘tkazishdi.

Xususan, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi, t.f.d., prof. A.A. Shermuxamedov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy va innovatsion loyihalarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i, i.f.d. Sh.I. Otajonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi B.G‘.Pirmatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti direktorining o‘rinbosari, i.f.d., prof.  D.H. Po‘latovlar O‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha asosiy talablar, davlat ilmiy dasturlari loyihalarini shakllantirish, ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va monitoringini amalga oshirish tartibi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida O‘qishning ahamiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishda milliy tajriba masalalari keng yoritib berildi. Shuningdek, ma’ruzachilar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan va shug‘ullanish istagida bo‘lgan yosh kadrlarga qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tishdi. Seminarda Moliya vazirligining hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ham onlayn tarzda ishtirok etishdi, ko‘tarilgan masalalar muhokamasi jarayonida faol qatnashishdi. Shuningdek, tizim mutaxasislari, ayniqsa yosh xodimlar ilmiy-tadqiqot sohasida O‘zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javoblar olishdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilar seminar ko‘tarinki ruhda qiziqarli o‘tganligini va bunday tadbirlar Moliya vazirligida Inson resurslarini rivojlantirishga, tizim xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirishga, ayniqsa yosh mutaxasislar orasida ilmiy faoliyatga qiziqish uyg‘otishga va kelgusida vazirlik tizimida ilmiy darajali kadrlar safini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

15.09.2021
479
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов