• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Shaffoflik, raqobat va ekologik yondashuv: davlat xaridlari bo‘yicha hududiy o‘quv kurslari boshlandi

Davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, qonunbuzilishlarning oldini olish va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida 2026-yil
20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari hamda “Yashil xaridlar”ni amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish” yuzasidan reja-jadval tasdiqlandi.

Mazkur reja-jadval asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan joriy yilning 27–30-yanvar kunlari Namangan viloyatida, 3–6-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslari tasdiqlangan reja-jadval asosida yil davomida respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari doirasida davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etishning amaliy tartib-taomillari, tender va elektron savdo mexanizmlari, shuningdek, amaldagi qonunchilikda  qabul qilingan so‘nggi yangiliklar batafsil yoritib berilmoqda.

Kurslarning ustuvor yo‘nalishlari “Yashil xaridlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ekologik barqaror va energiya tejamkor mahsulotlar hamda xizmatlarni davlat xaridlariga jalb etish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini xarid jarayonlariga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, hududiy trenerlar va soha mutaxassislari ishtirokida interaktiv formatda, amaliy keyslar va ochiq muhokamalar asosida tashkil etilmoqda. Bu esa ishtirokchilarga nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, hayotiy misollar orqali muammolarga yechim topish imkonini yaratadi.

Mazkur o‘quv kurslari davlat buyurtmachilarining budjet ijrosi jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etishga, tadbirkorlik subyektlari uchun esa davlat xaridlarida samarali ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Umuman olganda, hududlarda o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv kurslari davlat xaridlari tizimida shaffoflik va raqobatni kuchaytirish, tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish hamda “yashil xaridlar” amaliyotini tizimli ravishda joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

07.02.2026
125
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов