• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Yevroosiyodagi siyosiy masalalar bo‘yicha guruh a'zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-aprel kuni Yevroosiyodagi siyosiy masalalar bo‘yicha guruh a'zolari ishtirokidagi ““Yashil” va “raqamli” muhitga o‘tish uchun smart aloqa” mavzusidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda guruh a'zoligi uchun taklif etilgan Moliya vazirining o‘rinbosari - Odilbek Isakov ishtirok etdi.

Hududiy muzokaralarni o‘tkazib borayotgan ushbu strategik platforma, Yevroosiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanish uchun hamkorligini o‘rnatish, ijtimoiy va geosiyosiy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashish va to‘rtinchi sanoat inqilobini o‘zlashtirish sohalaridagi istiqbollarini yaratish, malaka oshirish hamda yangi g‘oya va yo‘nalishlarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.

Xususan, guruh a'zolarining navbatdagi yig‘ilishi davomida dunyodagi eng dolzarb mavzulardan biri – To‘rtinchi sanoat inqilobi davrida “yashil va raqamli” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, ayniqsa “raqamli” platformalar va xizmatlarni yaratish orqali infratuzilmani boshqarish va energiya sarflanishining samaradorligini oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida muzokaralar olib bordilar.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, hozirgi kunda mamlakatimizda “yashil” va “raqamli” iqtisodiyotga o‘tish borasida birmuncha tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, yig‘ilishda ishtirokchilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarorida belgilangan vazifalarning amalga oshirilayotganligi, Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil 19-noyabrda chiqarilgan ilk milliy valyutadagi suveren xalqaro obligasiyalarining JP Morgan Development Finance Institution tuzilmasi tomonidan taraqqiyotga bo‘lgan ta'siri “yuqori darajada” baholanishi hamda mazkur obligasiyalar tranzaksiyalaridan kelib tushgan mablag‘larning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan rivojlanish loyihalariga sarflanayotganligi, so‘nggi yillar davomida Elektron hukumat doirasidagi loyihalarining joriy qilinishi va davlat sektorida “raqamli” islohotlarning muntazam ravishda olib borilayotganligi bilan tanishtirildi.

Hozirda jahon hukumatlari, ilmiy jamoatlari va xususiy sektor vakillaridan iborat Yevroosiyodagi siyosiy masalalar bo‘yicha guruh guruhning taklif va tashabbuslari, Davos-Klostersdagi (Shveysariya) Jahon iqtisodiy forumining an'anaviy yillik uchrashuvi davomida tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

28.04.2021
478
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов