• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
"Ochiq budjet" axborot portali taqdimoti bo'lib o'tdi

 

 

Joriy yilning 9 iyul kuni moliya vazirligida budjet ma'lumotlarining ochiqligini oshirish, shuningdek, yangilangan "Ochiq budjet" axborot portali taqdimotiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, keyingi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida budjet ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish, budjet mablag'larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Budjet sohasida fuqarolarning ishtirokini kengaytirish va budjet jarayonining shaffofligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar joriy etildi.

 

Seminar budjet ma'lumotlarining transparentligi va mavjudligi masalalari bo'yicha jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etildi. Xususan, tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etish uchun taklif etildi. Hozirgi epidemiologik vaziyatni, shuningdek, karantin cheklovlarini hisobga olgan holda, seminar formati odamlarning ommaviy to'planishini oldini olish uchun onlayn ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi.

Seminarning rasmiy qismi doirasida Moliya vazirligi "Ochiq budjet" (www.openbudget.uz) portalining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Eslatib o'tamiz, portal 2019 yildan buyon faoliyat olib boradi va mamlakatda budjet jarayonining asosiy jihatlarini ochib beradi, budjetning asosiy parametrlari, budjet daromadlari va xarajatlari tarkibi, shuningdek, davlat budjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotlar va boshqa budjet ma'lumotlari haqida ma'lumot beradi. Portalda joylashtirilgan ma'lumotlar yordamida foydalanuvchilar budjetning nima shakllanishini va budjet mablag'lari sarflanishini tushunishlari mumkin.

Joriy yilda BMTTD va Moliya vazirligining "O'zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish doirasida portalning dizayni qayta ko'rib chiqildi va uning faoliyati sezilarli darajada kengaytirildi. Portalning taqdim etilgan versiyasida yangi qulay formatda davlat budjetining ijrosi to'g'risidagi ma'lumotlar aks ettirilgan. Portal mahalliy budjetlarning ijrosi, jumladan, budjet tashkilotlarining (har bir budjet tashkiloti kesimida) va budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar (O'zASBO dasturi bilan integratsiyalashuv orqali) Real vaqt rejimida bajarilishi haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Qiziquvchilar, shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi ma'lumotlarini onlayn ravishda kuzatib borishlari va yuklab olishlari

 

Bundan tashqari, portalning funksiyalari fuqarolarga tegishli mahalliy budjetlar mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashabbuslarni ilgari surish va tanlashda ishtirok etish imkoniyatini berish bo'yicha takomillashtirildi. 2019-yildan boshlab respublikada fuqarolarning budjet mablag'larini taqsimlashda ishtirok etish mexanizmi joriy etildi, bu esa tumanlar (shaharlar) budjetlarining qo'shimcha manbalarining bir qismini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirishni nazarda tutadi. Joriy yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag'lar manbalari kengaytirildi. Shu munosabat bilan, portalning yangi versiyasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar bo'yicha budjet mablag'lari, shuningdek, jamoatchilik ovozi orqali amalga oshiriladigan tashabbuslarni ilgari surish jarayoni butunlay yangicha tarzda ishlab chiqildi. Endi har bir fuqaro o'z tashabbusini ilgari surish yoki fuqarolarning boshqa tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash orqali budjet mablag'larini sarflashning ustuvor yo'nalishlarini belgilashda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun fuqaro saytda ro'yxatdan o'tishi va bundan keyin o'z tashabbusini taklif qilishi yoki ilgari taklif qilingan tashabbuslar uchun ovoz berishlari kerak.

 

Rasmiy qism tugallangandan so'ng panel muhokamasi tashkil etilib, unda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga budjet jarayoni, shuningdek, "Ochiq budjet" portalida budjet ma'lumotlarining mavjudligi haqida batafsil javob olish imkoniga ega bo'ldilar.

 

Shunday qilib, ushbu tadbir jamoatchilik va Moliya vazirligi o'rtasida budjet ma'lumotlarining transparentligi va mavjudligi, budjet mablag'larining sarflanishi ustidan, jamoatchilik nazoratini ta'minlash masalalari bo'yicha ochiq muloqot yaratish uchun samarali platforma bo'lib xizmat qildi.

Taqdimotda ishtirok etgan OAV vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

09.07.2021
450
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов