• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Kapital bozorini rivojlantirish dasturi doirasida IPO/SPO bo‘yicha seminar-treninglarning ikkinchi bosqichi boshlandi

Joriy yilning 24-avgust sanasida kapital bozorini rivojlantirish dasturi doirasida IPO/SPO bo‘yicha seminar-treninglarning ikkinchi bosqichi Toshkent shahrida boshlandi.

Mazkur seminar-treninglar Moliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, tajribali xorijiy ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirokida 24-avgustdan 9-sentabrga qadar o‘tkaziladi.

Tadbir auditoriyasi aksiyalari fond bozorida IPO/SPO orqali sotilishi rejalashtirilgan davlat korxonalari va banklari vakillari, kapital bozorining professional ishtirokchilari, IPO/SPO jarayoniga jalb qilingan davlat idoralari xodimlarini qamrab oladi. seminar-treninglarning dastlabki kunida 30 ta tashkilotdan 60 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Seminar-treninglarning asosiy qismi IPOga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, iqtisodiy asoslari, korporativ boshqaruvning ahamiyati, shuningdek axborotni oshkor etish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, tranzaksiya tuzilmasi, investorlarni jalb qilish va ular bilan ishlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat korxonalari va banklarida IPO/SPOni amalga oshirish bo‘yicha yetarli salohiyatni rivojlantirish, O‘zbekiston fond bozorida davlat korxonalari va banklari aksiyalarini IPO/SPO orqali ommaviy joylashtirishni xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish hamda kapital bozorining professional ishtirokchilari va aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislarining moliyaviy savodxonligini yanada oshirishdan iborat.

Havola: https://mf.uz/media/file_uz/IPO_training_preso.pdf

29.08.2022
511
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов