• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zR Prezidentining “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son Qarorining..

So‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, ayrim turdagi lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, ma'muriy tartib-taomillardan o‘tish muddatlari sezilarli ravishda qisqartirildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan bir qator ma'lumotnomalar bekor qilindi.

Shu bilan birga, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, shu jumladan elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lgan ma'lumotlarni qog‘oz ko‘rinishida so‘rab olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim bo‘lmagan hujjatlarni talab qilish natijasida aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini ovora qilish amaliyoti saqlanib qolmoqda.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish vazifalari yuklatilgan.

Bundan tashqari, Prezidentimizning joriy yilning 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmonlari qabul qilindi.

Hammamizga ma'lumki, bugungi kunda pensiyalarni tayinlashda 30 turdagi hujjatlar talab etiladi hamda mazkur ma'lumotlarni taqdim etishga mas'ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma'lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini elektron shaklga o‘tkazishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Yuqoridagi muammolarni barataraf etish hamda Prezidentimizning Farmonlarini ijrosini ta'minlash shuningdek, pensionerlarni davlat tomonidan ijtimoiy ko‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, keksa yoshdagi fuqarolarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek, fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, jumladan pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport bilan murojaat qilish kifoya bo‘ladigan tizimni joriy etish, davlat pensiya ta'minoti borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Prezidentimizning “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli Qarori ishlab chiqilgan.

 Mazkur hujjatning asosiy g‘oyasi fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma'lumotlarni elektron bazasini shakllantirish, hujjatlarni yig‘ish jarayonini kompleks rivojlantirish orqali fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni to‘lash tizimi samaradorligini oshirish hamda mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish nazarda tutadi.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:

 1. 2022-yil 1-yanvardan boshlab pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda xududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Tender tanlovida pensiya va nafaqa oluvchilarga eng yaxshi va qulay sharoit hamda arzonroq xizmat haqi taklif etgan tijorat banki yoki boshqa ihtisoslashgan tashkilot g‘olib deb belgilanadi. Ya'ni, ushbu yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi hamda tijorat banklari o‘rtasida fuqarolarga pensiya va nafaqalarni yetkazishda sharoitlarni yaxshilash uchun xarakatni rag‘batlantiradi (bugungi kunda ushbu to‘lovlar faqat Xalq banki filiallari tomonidan yetkazib berilmoqda va buning uchun 0,9 foiz xizmat haqi to‘lanmoqda).

Tenderda ishtirok etadigan tijorat banki tomonidan xizmat haqi miqdori to‘lovlarni yashash manziliga yoki mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga yetkazish shartlaridan kelib chiqib, differensiyalashgan tartibda summaning 1 foizigacha belgilash mumkin.

Shuni ta'kidlash lozimki, pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazib berish bo‘yicha xizmat haqi xarajatlari Pensiya jamg‘armasi va respublika byudjetidan to‘lab beriladi. Ya'ni, fuqarolarning pensiya va nafaqa summasidan xizmat haqi ushlanmaydi (pensiya va nafaqa miqdoriga ta'sir etmaydi).

 Bundan tashqari ushbu tizimni joriy etilishi natijasida fuqarolarga quyidagi qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi:

 · “rejali to‘lov” xizmati joriy etilib, fuqarolar xohishiga ko‘ra o‘zlarining pensiya va nafaqalaridan kommunal to‘lovlari, kredit yoki boshqa to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi (bugungi kunda ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun fuqarolar pensiyani yetkazish sanasini kutishga majbur);

 · fuqarolarga istalgan vaqtda tijorat banki va Pensiya jamg‘armasiga kelmagan holda mobil' ilova yordamida yoki “Call center”ga murojaat qilish orqali o‘zlarining pensiya va nafaqalari olish shaklini (naqd pulda yoki bank kartasi orqali) o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi (bugungi kunda ariza bilan tijorat banki va Pensiya jamg‘armasiga yozma murojaat qilishi kerak hamda to‘lov shakli keyingi oydan o‘zgartiriladi).

 · pensiya va nafaqalarni yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholab borish tizimi joriy etilib, tijorat banklari tomonidan to‘lovlar kechiktirilganligi uchun jarima to‘lash tartibi tatbiq etiladi (bugungi kunda to‘lovlarni kechiktirilgani uchun hech qanday javobarlik belgilanmagan). 

 2. 2022-yil 1-iyuldan boshlab:

 a) mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma'lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta'minoti bilan bog‘langan holda “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali elektron tarzda olinadi.

 Hozirda ushbu tizimda 523 ming vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning 4,8 mln ishchilari ish haqi va ish stajiga oid ma'lumotlari shakllangan.

 b) davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi.

 Kelgusida fuqarolarga pensiya bo‘limlariga kelmasdan ularning elektron murojaatlari asosida pensiya tayinlash imkoniyati yaratiladi.

 v) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;

 Bir yilda o‘rtacha 290 ming nafar fuqaroga pensiya tayinlanadi. Uning uchun 14 ta tashkilotdan 30 turdagi hujjatlar talab etilib, ularni yig‘ishga 2 oygacha vaqt sarflanadi.

 3. 30 ta banddan iborat Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:

a. vazirlik, idora va korxonalarda ishlagan sobiq ishchilarni ish haqi va harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi ma'lumotlari “Yagona mehnat milliy tizimi”da to‘liq shakllantiriladi;

 b) oila tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi (oila tarkibi, er-xotin, ota-ona va farzandlari) bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi;

 v) 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida tibbiy xulosalar elektron bazasi yaratiladi;

 g) chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketayotgan fuqarolarning elektron ma'lumotlarini “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik yuborish mexanizmi joriy etiladi.

 4. Yangi tizimni joriy etilishi Pensiya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishni talab etadi. Shu sababli, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalarida cheklangan shtat birliklari doirasida:

 a) markazlashtirilgan buxgalteriya tuzilmoqda va shu munosabat bilan tuman (shahar) bo‘limlardagi mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sho‘'balari faoliyati tugatilmoqda;

 b) pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish bo‘limlari tashkil etilmoqda;

 v) ichki audit xizmatlari va yuridik byuro faoliyati yo‘lga qo‘ylmoqda.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

10.05.2021
480
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов