Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi katta oʻqituvchisi Muhammad Bahodir va oʻquv-metodik boʻlimi mudiri oʻrinbosari Akramov Akmalxonlar joO‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va ta’lim sohasini yanada isloh qilish, pedagog kadrlar salohiyatini keng rivojlantirish maqsadida joriy yilning 13–26-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari hamda vazirlik huzuridagi O‘quv markazining o‘qituvchi va xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan “Rusiyzabon davlatlar universitetlari rektorlari uchun seminar”da ishtirok etdi.riy yilning 13-26 sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan “Rusiyzabon davlatlar universitetlari rektorlari uchun seminar”da ishtirok etdilar. Seminar davomida Xitoy Xalq Respublikasining reytingdagi top taʼlim muassasalari va universitetlaridagi taʼlim jarayonlari, oʻqish uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Ikki hafta davom etgan malaka oshirish kurslarida XXRning Shenyang Normal Universiteti, Dongbei Moliya va Iqtisodiyot Universiteti, Xuachju Fan va texnologiyalar universitetilarida Xitoy davlatining taʼlim jarayonining shakllanish bosqichlari, hozirgi holati va istiqboldagi “Bir makon – bir yoʻl” davlat dasturlari bilan tanishtirildi.
Jahon tajribasi asosida ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan mazkur seminar davomida ishtirokchilar Xitoy Xalq Respublikasining reytingdagi top taʼlim muassasalari va universitetlaridagi taʼlim jarayonlari, oʻqish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, ta’lim metodlari va ularning mohiyati bilan yaqindan tanishib, o‘rganib chiqdilar.

Xususan, ikki hafta davom etgan malaka oshirish kurslarida vazirlik mutaxassislari XXRning Shenyang Normal Universiteti, Dongbei Moliya va Iqtisodiyot Universiteti, Xuachjun Fan va texnologiyalar universitetilarida Xitoy davlatining taʼlim jarayonining shakllanish bosqichlari, hozirgi holati va istiqboldagi “Bir makon — bir yoʻl” davlat dasturlari bilan tanishtirildi.

Ta’kidlash joizki, Xitoy iqtisodiyoti dunyoda 2-oʻrinni egallab kelayotgan yirik iqtisodiyot hisoblanadi, albatta, bu yuksak natijaga erishishda malakali soha mutaxassislarini tayyorlashda taʼlim tizimining oʻrni beqiyos.
Ushbu rivojlangan davlatga malaka oshirishni tashkil etish maqsadida seminar ishtirokchilarining olgan bilimlari va tajribalarini kelgusida Oʻquv markazining malaka oshirish kurslariga ham keng tatbiq etish, shuningdek, o‘rganilgan yangi metodlarni amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash ahamiyatlidir. Zero, barcha zaruriy kuch va resurslarni ta’lim sifatini oshirishga, soha mutaxassislarining malakasini oshirishga yo‘naltirish taraqqiyot mahsulidir.