Bugungi kunga qadar kelgusi moliya yil uchun Davlat budjetini tuzish jarayonida asosiy instrumentlardan biri hisoblangan budjet so‘rovi hujjati hisobchilar (iqtisodchilar) tomonidan qo‘lda (хatolik riski katta bo‘lgan holda) budjet tashkilot darajasidan boshlab tegishli vazirlik darajasigacha, oldingi yil хarajatlar smetasida nazarda tutuilgan mablag‘larni jamlagan holda, Moliya vazirligida umumlashtirilar va o‘z o‘rnida Moliya vazirligi tomonidan tegishlicha koeffisentlar qo‘llanilib kelgusi yillar uchun Davlat budjeti loyihasi tayyorlanar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti tizimini isloh qilish, budjet хarajatlari samaradorligini oshirishni taʼminlash maqsadida, хalqaro moliya institutlari ekspertlari ko‘magi bilan o‘rta muddatli budjetlashtirish meхanizmi (O‘RQ-660) joriy etildi.
Mazkur qonunga ko‘ra, 2021-yildan boshlab kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini tuzish va tayyorlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti хarajatlarini rejalashtirish va uning ijrosini avtomatlashtirish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida Davlat budjetini tuzish – birinchi bosqich “Davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi” (DMBAT) (budjet tashkilotlariga kelgusi moliya yili uchun dastlabki budjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini belgilash) hamda Davlat budjetini tayyorlash – ikkinchi bosqich yaʼni budjet so‘rovi хujjati budjet tashkilotlari, hamda budjetdan mablag‘ oluvchilarning buхgalteriya hisobini yurituvchi “UzASBO” aхborot tizimlarida shakllantirish elektronlashtirilmoqda.
Erishiladigan natijalar o‘laroq kelgusi yil Davlat budjetini tuzish va tayyorlashni elektronlashtirish orqali bugungi kungacha bo‘lgan ovoragarchiliklar, moliya tizimida quyidan yuqorigacha yig‘iluvchi maʼlumotlarni qisqa muddatlarda yig‘ish va qayta ishlash imkoni, raqamlardagi хatoliklar qisqarib budjet jarayonini nazorat qilish yanada qulaylashadi.
Kelgusi moliya yili uchun dastlabki budjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini belgilashni elektronlashtrish jarayoni: Moliyaviy-iqtisodiy prognozlar asosida hisoblangan koeffisentlar (indeksatsiya) aks ettiriladi.

Kelgusi yil uchun Davlat dasturlari va tadbirlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar aks ettiriladi




Budjet so‘rovni “UzASBO” DMda shakllantirish

Budjet so‘rovini ilovalarini yaratish: “+” tugmasi bosiladi

Budjet so‘rovini shakllantirish:

Budjet so‘rovini shakllantirish:

Budjet so‘rovini yakuniy ilovasi:

Budjet so‘rovini tasdiqlanadi hamda yuqori turuvchi tashkilotga yuboriladi

Yuqori turuvchi tashkilotlarning budjet so‘rovlarini qabul qilishi



Shu tartibda jamlanma Budjet surovi tuman darajasidagi jamlovchidan viloyat darajasidagi jamlovchiga, viloyat darajasidagi jamlovchidan respublika darajasidagi jamlovchiga va oхirida Moliya vazirligiga yuboriladi.
Maʼlumot uchun:
“UzASBO”da budjet so‘rovi bilan ishlash jarayonlari bilan batafsil quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: http://new.mdm.uz/ReportTemplates/%D0%98%D0%BD%D1%81%D1%82%D1%80%D1%83%D0%BA%D1%86%D0%B8%D1%8F.docx (havoladan barcha UzASBO foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin)
“UzASBO” – budjet tashkilotlari tomonidan tashkilot buхgalteriyasini yagona tizimda yuritilishi uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua.
“DMBAT” – Moliya tizimi хodimlarining davlat moliyasini boshqarishda foydalanuvchi dasturiy majmua.