• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Vaqtdan samarali foydalanish va jamoa boʻlib ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening tashkil etildi

      Joriy yilning 4 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazining professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari uchun “Tashkilot xodimlarida vaqt qadriyati, jamoa boʻlib ishlash va oʻzini oʻstirish orqali muvaffaqiyatga erishish koʻnikmalarini shakllantirish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Mazkur trening “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazining 2024-yil uchun belgilangan ish rejasi”ga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, u markaz xodimlarining koʻnikma va malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan.

Seminar-treningni sohaning malakali mutaxassisi, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent Gʻafforova Mavluda Qurbonboyevna olib bordi. Seminar-treningning asosiy maqsadi rahbar xodimlar, professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning kasbiy mahorati va koʻnikmalarini rivojlantirish, yuqori tashkilotchilik va ishchanlik qobiliyati, dunyoqarashi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini rivojlantirishdan iborat boʻlib, unda quyidagi mavzular keng yoritildi:

  • ahil jamoani shakllantirish usullari: zamonaviy boshqaruvda jamoaviy ishlash qobiliyatlari va yetakchilik imijini shakllantirish usullari;
  • odob-axloq qoidalari: tashkilot xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
  • nizoli vaziyatlarni boshqarish: nizolarni hal qilish va stress bilan ishlash boʻyicha samarali usullar;
  • taym-menejment va vaqt qadriyati: vaqtni boshqarish va taym-menejment koʻnikmalarini ish faoliyatida qoʻllash va boshqalar.

Eng muhimi mazkur trening qiziqarli va amaliy mashqlarga boy boʻlib oʻtdi, xodimlarga koʻtarinki kayfiyat berdi, shu bilan birga, oʻz ish faoliyatlarini yangi fikr, yangi gʻoyalar bilan davom ettirish, shuningdek, ish jarayonidagi muhim topshiriqlarni tezkor va samarali bajarish uchun vaqtni toʻgʻri taqsimlay bilish va natijaga erishish singari jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar, bu kabi treninglar nafaqat xodimlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga, balki umumiy ish samaradorligini oshirishga hamda tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishiga xizmat qilishini taʼkidlashdi.

 

04.09.2024
347
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов