• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Jahon banki, XMT va UNICEF vakillari bilan uchrashuv

Uchrashuvda respublika nomidan Moliya vazirining o'rinbosari Jamshid Abruyev, budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining ijrochi direktori Abdulaziz Xaydarov va vazirlikning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Xalqaro tuzilmalar shaxsan va onlayn tarzda UNICEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda, UNICEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat bo'limi rahbari Tinatin Baum, XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Olga Kulayeva,XMT eksperti Xose Pacheko Ximenez, XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha byurosi aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha mutaxassisi Yasmina Papa, Jahon banki bosh iqtisodchilari Madalena Honorati, Uilyam Zayts, JB ning O'zbekistondagi vakolatxonasini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha mutaxassisi Marina Novikova va boshqalar.

Tadbir boshida Timur Ishmetov turli yo'nalishlarni rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikning muhim rolini ta’kidlab, ularga ko'mak uchun minnatdorlik bildirdi. Xususan, XMT 2021–2030-yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqishda yordam berdi va endilikda strategiyani tayyorlashda ishtirok etmoqda.

JB "O'zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo'yicha shoshilinch chora-tadbirlar ko'rish" va "Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" loyihalari bo'yicha 145 million dollarlik imtiyozli kreditlar ajratdi, sohani yaxshilash uchun uslubiy yordam ko'rsatdi, pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasining zarurligini va loyihasini aniqlash mexanizmini yaratishga yordam berdi. UNICEF vakolatxonasi "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishda, pensiya jamg'armasining tuman bo'limlarini kompyuterlar va printerlar bilan jihozlashda, ijtimoiy nafaqalar tizimini isloh qilish va ehtiyojni aniqlash mexanizmini yaratish bo'yicha takliflar tayyorlashda moliyaviy, texnik va uslubiy jihatdan yordam ko'rsatib kelmoqda.

Ma'lumot uchun: Yagona ijtimoiy reyestr – bu idoralararo elektron hamkorlikni qo'llagan holda davlat ijtimoiy xizmatlarini ko'rsatish va aholiga ijtimoiy yordam berish axborot tizimi. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayonlarini avtomatlashtirish inson omilini bartaraf etish va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash jarayonida korrupsion holatlarni kamaytirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash bo’yicha qaror qabul qilishda subyektivligni bartaraf etish va davlat ijtimoiy yordamini taqdim etishning shaffof tizimini yaratish imkonini berdi.

Tomonlar muvaffaqiyatli jahon yondashuvlarini hisobga olgan holda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish bo'yicha takliflarni muhokama qildilar. Ijtimoiy yordam va xizmatlar, sug'urta va bandlik masalalari alohida ko'rib chiqildi.

2021–2030-yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi loyihasini sifatli ishlab chiqish uchun o'zaro hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Maxsus davlat xizmatlarini yanada raqamlashtirishga, shu jumladan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" imkoniyatlarini yaxshilashga va mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Olimjon Umarov raisligida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi . Uchrashuvda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etib, Yagona ijtimoiy reyestrni ishlab chiqish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek ushbu tizimni takomillashtirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar muhokama qilindi.


#IjtimoiyHimoyaYagonaReyestri

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

05.05.2021
526
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов