O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, innovatsion g‘oyalari va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida 2021-yilning14-oktabr kuni “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv dastavvalida platforma a’zolari va talabalarga Davlat qarzi departamenti Davlat qarzini jalb qilish boshqarmasi Moliya bozorlarida qarz jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Nigmatova tomonidan “Davlat tashqi qarzi holati va dinamikasi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Undan so‘ng esa, platforma a’zolari uchun Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqotlar moliya instituti mutaxassislari tomonidan “Fiskal siyosatni ishlab chiqarishda makroiqtisodiy tahlilning roli” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida platforma a’zolariga vazirlikning O‘quv markazi xodimlari tomonidan “Moliyachi ma’lumotnomasi byulleteni” da ilmiy-amaliy maqolalarni tayyorlash hamda chop etilishiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha master klass tashkil etildi.

Platforma a’zolari har bir tashkil etilgan seminar treningdan so‘ng mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Undan so‘ng esa vazirlik O‘quv markazi hamda departamentlariga tur tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar platformasi doirasida o‘tkaziladigan keyingi tadbirlar kelishib olindi.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati