• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
"Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish: muammo va afzalliklari" mavzusida seminar

2019 yil 8 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari ishtirokida "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish: muammo va afzalliklari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo'llash bilan bog'liq dolzarb muammolarni muhokama qilish, shuningdek ularni hal qilish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish uchun MHXSga o'tishning oqibatlarini o'rganishdir.

Seminarning asosiy ishtirokchilari Markaziy bank, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, kapital bozorini rivojlantirish agentligi mutaxassislari va respublika jamoat buxgalterlari uyushmalarining vakillari bo'ldi.

Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultonov MHXSni keng joriy etish orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida xorijiy investorlar uchun qulay axborot muhitini yaratadigan va natijada iqtisodiyot tarmoqlarining investitsiya va eksport salohiyatini oshiradigan, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o'tishni jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Seminar davomida “Ernst & Young” auditorlik kompaniyasining xalqaro ekspertlari MHXS va MHXSga o'tishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni va ushbu jarayonni tartibga solish bo'yicha turli mamlakatlar tajribasini ko'rib chiqdilar.

MHXS va buxgalteriya hisobining milliy standartlari o'rtasidagi asosiy farqlar, biznes jarayonlarining shaffofligini oshirish va moliyaviy ko'rsatkichlarni xalqaro miqyosda taqqoslash zarurligi muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, Respublikada iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tadbirkorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada ilgari surish va mamlakatimizning jahon miqyosidagi o'rnini oshirish uchun zamin yaratdi.

Iqtisodiy salohiyatni kengaytirish va buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish milliy tizimini yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilar buxgalteriya hisobining milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida yanada uyg'unlashtirish bo'yicha qator oqilona takliflarni taqdim etdilar.

 Moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning hamjamiyati, shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasi mutaxassislari bilan buxgalteriya hisobi tizimini MHXS asosida yanada rivojlantirish bo'yicha yaqin hamkorlik olib borishga qiziqish bildirdilar.

 

Manba: Mf.uz

10.10.2019
139
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов