• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • E'lonlar
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“Yashil” davlat xaridlari: raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish chorrahasida xalqaro ilmiy-amaliy muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida “Davlat xaridlari tizimining raqamli transformatsiyasi hamda “yashil” davlat xaridlarini takomillashtirishning innovatsion yondashuvlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan anjuman davlat xaridlari tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish asosida shaffof, shuningdek, samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil” xaridlar amaliyotini kengaytirish, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, ularning ilg‘or kompetensiyasini shakllantirish hamda innovatsion ta’lim modellarini joriy etish masalalariga bagʻishlandi.

Konferensiya davlat boshqaruvi organlari, ilmiy doiralar va xalqaro hamjamiyat vakillari oʻrtasida ochiq muloqot platformasini yaratib, ilgʻor tajriba va ilmiy yondashuvlar almashinuvi uchun muhim maydon vazifasini oʻtadi. Tadbirda  Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi vakillari, “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasi rahbarlari, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar ekspertlari hamda xalqaro moliyaviy institutlardan vakillar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari
professor-oʻqituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilar va sohada faoliyat olib boruvchi mas’ul shaxslar ishtirok etdi.

Anjumanda davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning institutsional va huquqiy asoslari, “yashil” xaridlar mezonlarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari, milliy ekologik yorliq tizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt vositalarini qoʻllash orqali xarid jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.

Xususan, ishtirokchilar tomonidan olib borilgan ma’ruzalarda ekologik mezonlarga asoslangan xaridlar tizimi atrof-muhitni muhofaza qilishi bilan birga, uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda ham muhim omil ekanligi ilmiy asoslangan holda yoritib berildi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya jarayonlari davlat xaridlari tizimini inson omilidan kelib chiqadigan xatarlardan xoli etish, korrupsiyaviy omillarni qisqartirish va real vaqt rejimida monitoring imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Konferensiya doirasida davlat xaridlari tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion ta’lim modellarini amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, davlat xaridlari sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashkil etilgan anjumanning asosiy maqsadi davlat xaridlari tizimini kompleks takomillashtirish orqali budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish va ekologik muvozanatni ta’minlashga hissa qoʻshishdan iborat.

 

06.05.2026
75
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • E'lonlar
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов