• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Oʻzbek tili bayramiga munosib sovgʻa

        Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy tillardan biridir.

       Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

       Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son Farmoni bilan oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun  21-oktabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilindi.

        Buyuk shoir va yozuvchi Abdulla Avloniy: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oyinayi hayoti – bu uning tili va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”, deb bejiz aytmagan. Darhaqiqat, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari katta maqsadlar bilan odimlayotgan mamlakatimizda ona tilimiz ravnaqiga alohida eʼtibor qaratilmoqda, yuksak ehtirom koʻrsatilmoqda. 

       Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida“gi Qonunning 34 yilligi tantanasi arafasida xalqimizning jon kabi aziz va bebaho qadriyati – oʻzbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichida vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari ishtirok etdi va joriy yilning 14-oktyabr kuni tanlov gʻoliblari boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

       Mazkur “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika tanlovida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazi munosib ishtirok etdi va “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha respublika tanlovining ragʻbatlantiruvchi mukofoti bilan taqdirlandi.

Oʻquv markazi jamoasini mazkur mukofot bilan muborakbod etamiz! 

16.10.2023
225
Chop etish
O'xshash yangiliklar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA SIRDARYO VILOYATIDA O’TKAZILAYOTGAN SEMINAR-TRENING
“Davlat xaridlari sohasida korrupsiya” mavzusida seminar
Davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi
Davlat xaridlari bo‘yicha “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish” mavzusidagi seminar
Moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini davlat xaridlariga keng jalb qilish bo‘yicha hududiy seminar-treninglar o‘tkazildi
Yirik korporativ va budjet buyurtmachilarining davlat xaridlarini ochiqlanishi yuzasidan onlayn seminar o‘tkazildi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов