
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 10-maydagi 71-sonli buyrug‘i asosida respublikamizning barcha hududlarida “Davlat xaridlari” tog‘risida o‘quv seminar-treninglar tashkil etish va o‘tkazish belgilangan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki homiyligida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida moliya tizimi hodimlari uchun joriy yilning 15–mayidan boshlab seminar-treninglar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi o‘qituvchilari va Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
2019-yilning 27-mayida Sirdaryo viloyatida boshlangan uch kunlik seminar-treningi ham davlat va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida Davlat xaridlarining qonuniyligini, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilarning xarid tartib-taomillaridan samarali va unumli foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholini sifatli davlat xizmatlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun zaruriy tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ri xarid qilish jarayonini yanada rivojlantirish hamda xarid bo‘yicha mutaxassislarda davlat xaridlariga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni, kasbiy mahoratlarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Ushbu seminar-trening 30-maygacha davom etadi. O‘ylaymizki, seminar-trening dasturida nazarda tutilgan mavzular doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tegishli javoblarni oladilar va amaliyotga joriy eta oladilar.