2019-yil 23–27-sentabr kunlarida Navoiy viloyatining tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bosh hisobchilari va moliya-hisob хodimlari uchun “Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini byudjet hisobining standartlariga muvofiq yuritish tartibi” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursida:
– byudjet hisobi standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish tartib-qoidalari;
– byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini byudjet hisobining standartlariga muvofiq yuritish tartib qoidalari;
– byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalarni byudjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;
– tovar-moddiy zaxiralar hisobini byudjet hisobining standartlariga muvofiq yuritish tartib-qoidalari;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobi va turli qarzdorlik hisob-kitoblarini byudjet hisobining standartlariga muvofiq amalga oshirish tartib-qoidalari;
– byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining standartlariga muvofiq moliyaviy natijalar hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi;
– byudjet tashkilotlarida inventarizatsiya o‘tkazish va natijalarini byudjet hisobining standartlari asosida buxgalteriya hisobida yuritilishi;
– davlat xaridlari tartib-tamoyillarini amalga oshirish turlari kabi mavzular batafsil yoritiladi.