
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat xaridlari shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni joriy yilning 22-aprel kuni qabul qilingan bo‘lib ushbu Qonun joriy yilning 24-iyul kuni kuchga kirishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5171-son qaror qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Moliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmachilariga mazkur Qonun va qaror mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida videokonferens aloqa shaklda seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Qonundagi asosiy yangiliklar va qarorda belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida davlat buyurtmachilariga tushunchalar berildi.
Hususan, xarid qilish tartib-taomillarini muddatlari qisqartirilganligi, davlat buyurtmachilari o‘zlari xarid turlarini tanlash imkoniyatlari yaratilganligi va korporativ buyurtmachilari qamrovi ortganligi hamda boshqa bir qator yangiliklarni davlat buyurtmachilariga yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5171-sonli qarori bilan davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi hamda Respublika komissiyasi ishchi organi etib Moliya vazirligi belgilandi va davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan davlat buyurtmachilari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qat'iy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklash bo‘yicha tushunchalar berildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3487-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘z navbatida qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan mazkur seminarda davlat buyurtmachilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga Moliya vazirligi hamda semnirda qatnashgan tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tominadan atroflicha javob berildi.
Moliya vazirligi tomonidan kelgusida shu kabi seminarlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati