
Joriy yilning 24–25-avgust kunlari “Hududgazta’minot” AJda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ–684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunidagi o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyuldagi PQ–5171-son “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida AJ va uning tarkibiy bo‘linmalaridagi xaridlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar uchun ikki kunlik o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazining professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘RQ–684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda PQ–5171-son “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati yoritildi. Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi mutaxassisi shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olishda hujjatlarning narx qismini tekshirish hamda import shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish haqida ma’lumotlar berib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Seminar yakunida tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.