
Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida hududiy G‘aznachilik boshqarmalari Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshliqlari bilan Moliya vazirligi G‘aznachiligining Huquq tartibot organlariga qarashli tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Turdiyev Eralijon Muxtorovich ishtirokida joriy yilning 20 avgust kuni “Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirishdagi o‘zgarishlar va uni amaliyotga tadbiqi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Eralijon Muxtorovich hududlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga amaldagi qonun hujjatlari va qabul qilinishi kutilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihasi, shuningdek tizim dasturiy ta’minotdagi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Ma’ruzadan so‘ng tinglovchilar ish jarayonidagi muammo va kamchiliklar, ish samaradorligini oshirishdagi o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan o‘rtoqlashishdi.