• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Vazirlik tizimi tashkilotlarining HR mutaxassislari malakasi oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 16-fevraldagi
24-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi mutaxassislari uchun 2022-yilda malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-10 iyun kunlari Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida vazirlikning hududiy va tarkibiy bo‘linma tashkilotlarining xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari uchun “Inson resurslarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi haftalik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va xodimlarni ma’murlash bo‘limi boshliqlari, hududiy G’aznachilik boshqarmalarining Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislari, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalarining Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassislari hamda vazirlik tarkibidagi tashkilotlarning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Malaka oshirish kursini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida  mehnat, inson resurslari, xodimlar bilan ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha vazirlik, idora va muassasalarning HR sohasidagi malakali mutaxassislari o‘quv mashg‘ulotlariga trener sifatida jalb etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida vazirlik tizimining HR mutaxassislari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi:

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatida olib borilayotgan islohotlar;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va uni amaliyotda qo‘llash tartibi;

xodimlar bilan ishlashda https://vacancy.argos.uz/ platformasidan foydalanish tartib qoidalari;

mehnat munosabatlariga doir xujjatlarni rasmiylashtirish   va xodimlarni ma’murlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar;

xodimlarni tanlash va ularni moslashtirish texnologiyalari;

xodimning professional va psixologik jihatlarini baholash va boshqalar.

Mashg‘ulotlar jarayonida tarkibiy tizimning HR mutaxassislari bilan savol-javoblar o‘tkazildi, hamda kelgusida ularning faoliyati uchun foydali bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

O‘quv kursi yakunida tadbir ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

10.06.2022
193
Chop etish
O'xshash yangiliklar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA SIRDARYO VILOYATIDA O’TKAZILAYOTGAN SEMINAR-TRENING
“Davlat xaridlari sohasida korrupsiya” mavzusida seminar
Davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi
Davlat xaridlari bo‘yicha “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish” mavzusidagi seminar
Moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini davlat xaridlariga keng jalb qilish bo‘yicha hududiy seminar-treninglar o‘tkazildi
Yirik korporativ va budjet buyurtmachilarining davlat xaridlarini ochiqlanishi yuzasidan onlayn seminar o‘tkazildi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов