
Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va departament tizimidagi tashkilotlarning moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarini budjet hisobining standartlari, yagona schyotlar rejasi hamda yangilanayotgan moliyaviy hisobot shakllari, “UzASBO” dasturiy majmuasida ishlash tartibi bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida “Jazoni ijro etish tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishi va “UzASBO” dasturiy majmuasida ishlash tartibi” nomli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur malaka oshirish kurslari 2021-yil may–iyun oylarida 4 ta guruhga bo‘lingan holda 65 nafar Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi xodimlari uchun tashkil etildi. Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, amaliyotda vujudga kelayotgan muammolarga yechim topib, qiziqarli va mazmunli o‘tkazildi.





