
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmachilarining masʼul xodimlarini davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvi va afillanganlik holatlarini bartaraf etish va oldini olish boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini oshirish maqsadida hududlar kesimida vebinarlar oʻtkazish reja-jadvali tasdiqlandi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmachilarining masʼul xodimlarini davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvi va afillanganlik holatlarini bartaraf etish va oldini olish boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini oshirish maqsadida hududlar kesimida vebinarlar oʻtkazish reja-jadvali tasdiqlandi.
Mazkur tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq joriy yilning 23-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari uchun “Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi va afillanganlik holatlarini oldini olish va tartibga solish” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish” yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat xaridlari siyosati departamentining malakali mutaxassislari, “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”ga Qonuni mazmuni-mohiyati” mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati boʻlimi vakillari, shuningdek, “Davlat xaridlari sohasida korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish” mavzusi vazirlik huzuridagi Oʻquv markazi ekspertlari taqdimotlar oʻtkazdi.
Vebinarda davlat buyurtmachilarining xodimlariga “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun va mohiyati, davlat xizmatchilari faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvi, davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari hamda davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish holatlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan asoslantirilgan javoblar olishdi hamda mavzular doirasida fikr almashdi.
Vebinar respublikamizning barcha hududlarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun 6-noyabr kuniga qadar davom etadi.