• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“Mening maktabim” loyihasiga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazida malaka oshirayotgan vazirlik tizimi xodimlari uchun “Mening maktabim” loyihasining mazmun-mohiyati va uni amaliyotga joriy etishning dolzarb masalalari yuzasidan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat budjeti siyosati departamenti hamda Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Ilmiy-tadqiqot moliya instituti (keyingi oʻrinlarda – NIFI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

      Seminarda “Maktab tashabbusli budjetlashtirishning nazariy asoslari” mavzusida NIFIning Tashabbusli budjetlashtirish markazi rahbari Vladimir Vagin, “Maktab tashabbusli budjetlashtirishning umumiy amallari” mavzusida Tashabbusli budjetlashtirish maslahatchisi Alyansi direktori Mixail Shevelev, “Oʻzbekiston Respublikasida maktab oʻquvchilarining loyihalash faoliyatida tashabbusli budjetlashtirishning oʻrni” mavzusida NIFIning Tashabbusli budjetlashtirish markazi ilmiy xodimi Yelena Karpova va “Maktab tashabbusli budjetlashtirish toʻgʻrisida xabardor qilish” mavzusida NIFIning Tashabbusli budjetlashtirish markazi eksperti Eduard Titov o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

      Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat budjeti siyosati departamenti mutaxassislari U. Rustamov, A. Xasanov, X. Xamidov va U. Choriyev, Oʻquv markazi direktori I. Xamidova hamda direktor oʻrinbosari Sh. Xaydarov “Mening maktabim” loyihasi yuzasidan respublikaning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar, kelgusi davr uchun rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha oʻz fikrlarini bildirishdi.

      Seminar ishtirokchilari “Mening maktabim” loyihasining ahamiyati va bu sohadagi jahon tajribasi boʻyicha oʻzlarining qiziqtirgan savollariga ekspertlar tomonidan asoslantirilgan javoblar olishdi, o‘z navbatida, xorijiy mutaxassislarning mazkur loyihani Oʻzbekistonda amalga oshirish istiqbollari va loyiha koʻlamini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalari bildirildi.

      Yakunda ishtirokchilar oʻquv seminari juda qiziqarli oʻtganligi, foydali boʻlganligi va bunday tadbirlar “Mening maktabim” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishini alohida eʼtirof etishdi.

11.10.2024
332
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов