2021-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazida G‘aznachilik boshqarmasi Moliyaviy resurslarni boshqarish va davlat budjetining g‘azna ijrosini jamlanma tahlil qilish bo‘limi boshliqlari uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligi davlat budjetining g‘azna ijrosini tahlil va monitoring qilish departamenti direktori Baxtiyor Ganiyev ishtirokida “G‘aznachilik faoliyatini avtomatlashtirish” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida g‘aznachilik faoliyatini elektron tartibda amalga oshirish, xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish, kassa reja bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni shakllantirish borasidagi fikrlar bildirildi. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomalar ijrosini ta’minlashda nazoratni oxirigacha olib borilishi va kelgusida g‘aznachilik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi qabul qilingan xodimlarni ish jarayoniga tezroq moslashishi uchun ustoz-shogird an’anasini davom ettirish maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi. Davra suhbati yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
