Joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida Davlat xaridlari departamenti mutaxassislari, Oʻquv markazi professor-oʻqituvchilari hamda Toshkent shahar budjet tashkilotlari hisobchilari ishtirokida davlat xaridlari sohasidagi oʻzgarishlar va yangiliklarga bagʻishlangan oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminarda davlat xaridlari tizimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida departament mutaxassislari A. Norov va J. Zokirov batafsil toʻxtalib, 2022-yildan tizimda xarid rejalarni kiritishda tovar (ish, xizmat)lar tasniflagichdan foydalanishi, xarid predmetining sifatli boʻlishi uchun muhimligi, yangi “xarid.uzex.uz” sayti ishga tushganligi va undagi imkoniyatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.
2021-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 684-son Qonuni bilan joriy etilgan tartiblar, xarid qilish tartib-taomillarining turlari va mezonlari boʻyicha maʼlumotlar seminarda ishtirok etgan 150 dan ortiq budjet tashkilotlari hisobchilari eʼtiboriga havola etildi.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan amaliyotda duch kelayotgan muammolar xususidagi savollarga soha mutaxassislarining tushuntirishlari berib oʻtildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilarining Davlat xaridlari mavzusidagi seminarlarni munatazam oʻtkazib borish taklifi berildi.
