• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA LOYIHALARNI SAMARALI BOSHQARISH” MAVZUSIDA TRENING

Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuv asosida Oʻzbeksitonda faoliyat yuritayotgan Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasining (DVV) Oʻzbekistondagi filiali tomonidan 2024-yil 23–24-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Milan” mehmonxonasida “Moliyaviy hisobotlar va loyihalarni samarali boshqarish” mavzusida ikki kunlik trening boʻlib oʻtdi. Mazkur trening Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasining (DVV) Oʻzbekistondagi filiali va hamkor tashkilotlar, jumladan, hududlardagi madaniyat markazlari va boʻlimlariga, shuningdek, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga, “Sabr” respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifiy markazi, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi Buxoro viloyati filiali, “Qalb Nuri” Jizzax viloyati markazi, “Interbilim” ayollar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash Xorazm viloyati markazlarining direktorlari va bosh buxgalterlari uchun tashkil etildi.

        2024-yil 23-aprel kuni boʻlib oʻtgan  trening kursida Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasining (DVV) Oʻzbekistondagi filiali rahbari T. Zaichenko soʻzga chiqib mazkur trening maqsadi, dolzarbligi va kutilayotgan natijalar xususida fikr bildirib, trenerlar bilan tanishtirdi hamda trening ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

        Tanishtiruvdan so‘ng ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazining “Davlat moliyasi kafedrasi” dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Ilxomov Baxodir tomonidan “Iqtisodiyotni raqamlashtirish” mavzusida trening oʻtkazildi.

 

        Trening davomida B. Ilxomov tomonidan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni raqamlashtirishning asosiy konsepsiyalari, zamonaviy elektron platformalardan foydalanish, shuningdek, butun dunyoda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan sunʼiy intellekt mavzusi, ushbu sunʼiy intellekt texnologiyalarining sohalarga joriy etilishi yuzasidan muammoli maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Nazariy mashgʻulotlarda sunʼiy intellektning rivojlanishi bilan birga, xavfsizlik masalalari ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligi xususida muhokamalar boʻlib oʻtdi.

        Ta’kidlash joizki, aynan sunʼiy intellektning tibbiyot, taʼlim, ishlab chiqarish, transport va boshqa koʻplab sohalarda qoʻllanilishi keng koʻlamli imkoniyatlarni taqdim etish bilan birga, mazkur texnologiyalarning rivojlanishi bilan bogʻliq xavfsizlik masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini sohalarga tatbiq etishda xavsiz yechimlarini ishlab chiqish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish va raqamli infratuzilmalarning xavfsizligini taʼminlash uchun choralar qoʻllanilishi orqali raqamli savodxonlik ham muhim ahamiyatga ega ekanligi trening ishtirokchilariga tushuntirib berildi.

Amaliy mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, iqtisodiyotni raqamlashtirish mavzusi boʻyicha uslubiy taʼminotli oʻyinlar, jumladan, blits savol-javob metodlaridan foydalangan holda nazariy bilimlarini mustahkamladilar.

        “Iqtisodiyotni raqamlashtirish” mavzusida olib borilgan ushbu trening ishtirokchilariga tegishli sohalar boʻyicha bilim va tajribalarini boyitishga yordam berish bilan birga, boshqaruv va moliya sohalaridagi mutaxassislar oʻrtasida bilim va tajriba almashish, kasbiy mahoratlarini oshirishda beqiyos imkoniyat yaratdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

24.04.2024
261
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов