Mamanov Ruslanbek Abduxalikovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlar moliyasi departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.
Ruslanbek Mamanov 1982-yilda Jizzax viloyatining Gallaorol tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2003-yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda Jizzax viloyati Gallaorol tuman hokimligi moliya bo‘limida budjet bo‘yicha II toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.
Keyinchalik ushbu bo‘limning davlat daromadlari tahminlarini tuzish va iqtisodiy tahlil kilish bo‘yicha bosh iqtisodchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2005-2008-yillarda Jizzax viloyati hokimligi moliya boshqarmasining jamlama budjet bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2008-2013-yillarda esa bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.
Moliya vazirligi tizimida 2013-yilda Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlar jarayoni hamda byudjetlararo munosabatlarini tahlil qilish va baholash bo‘limi bosh iqtisodchisi sifatida ishlagan.
2017-2019-yillarda ushbu boshqarmaning mahalliy budjetdarning tuzilishini tashkil etish va ijrosini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i.
Tayinlovga qadar, Ruslanbek Mamanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining Budjet siyosati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati