• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tan olish tartibi belgilandi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha umumbelgilangan prinsiplarni qamrab oluvchi qoidalar va tushuntirishlar tizimi hisoblanadi. Xalqaro standartlardan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy hisobotining shaffofligini ta'minlaydi, kompaniyalarning moliyaviy holati va moliyaviy faoliyati natijalarini xalqaro hamjamiyatda tan olingan hisob prinsiplari asosida aks ettirish imkoniyatini beradi. Shu sababli, dunyoning 150 ortiq mamlakatlarida yirik kompaniyalar “xalqaro biznes tili” sifatida mazkur standartlardan foydalanadi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga bo‘lgan mualliflik huquqi  xalqaro tashkilot hisoblangan MHXS Fondiga tegishli. Shu sababdan, har qanday mamlakat hududida xalqaro standartlardan normativ hujjat sifatida foydalanish murakkab jarayon hisoblanadi. 

Respublikamizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan normativ hujjat sifatida foydalanishni tashkil qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

 Ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matniga MHXS Fondi tomonidan qabul qilingan quyidagi hujjatlar kirishi belgilandi:

 moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;

 moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga tushuntirishlar;

 MHXS hujjatlari matniga kiritiladigan o‘zgartirishlar;

 MHXS hujjatlari matnining ajralmas qismi sifatida MHXS Fondi tomonidan belgilangan boshqa hujjatlar.

Shuningdek, ushbu Nizom bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi va O‘zbekiston Respublikasi hududida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan yuqoridagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 

2020 yil 24 fevraldagi PQ–4611-son qarori ijrosini ta'minlaydi va respublikamizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini normativ hujjat sifatida foydalanishning huquqiy asosini yaratadi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

02.09.2020
149
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов