• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha vazirlik xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshirildi

Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari sunʼiy intellektni keng qoʻllashga, ayniqsa ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilishmoqda. Chunki, sunʼiy intellekt — bu insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish imkonini beruvchi (shu jumladan, mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash) hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui hisoblanadi.

Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi (keyingi oʻrinlarda – Oʻquv markazi) tomonidan joriy yilning 8-10-aprel kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.

Mazkur oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
14-oktabrdagi PQ–358-son “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-apreldagi 23-81-son “Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarini shakllantirish uchun oʻqitish jarayonlarini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosi doirasida oʻtkazildi. Oʻquv kurslarini oʻtkazishdan maqsad Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish va sunʼiy intellektdan samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Oʻquv kursida mashgʻulotlar Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha bilim va malakasini oshirishga qaratilgan Oʻquv dasturi” asosida oʻtkazildi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha oʻquv kurslariga Raqamli texnologiyalar vazirligi, yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ, “IT taʻlim berish markazi USTUDY” MChJ mutaxassislari trener sifatida jalb qilindi.

Uch kun davom etgan qisqa muddatli oʻquv kurslarida vazirlik markaziy apparatining 123 nafardan ortiq xodimlari sunʼiy intellekt sohasida bilimlarini oshirishdi va maxsus sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Oʻquv mashgʻulotlarida ishtirokchilar ilgʻor sunʼiy intellekt platformalari (chatgpt.com, gamma.app, gemini.google.com, claude.ai, chat.mistral.ai, perplexity.ai, sora.com, klingai.com, leonardo.ai, heygen.com, tactiq.io, youtube.com, grok.com hamda chat.deepseek.com) bilan yaqindan tanishdi va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarni egallashdi.

Oʻquv kurslarida vazirlik xodimlari sunʼiy intellekt sohasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan asoslantirilgan javoblar olishdi hamda mavzular doirasida fikr almashishdi.

Yakunda, ishtirokchilar oʻquv kurslari juda qiziqarli oʻtganligini, asosiysi foydali boʻlganligini va bunday tadbirlar sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilishini eʼtirof etishdi.

10.04.2025
374
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов