Bugungi kunda davlat xizmatchilari faoliyatida va umuman kasbiy faoliyatda zaruriy koʻnikmalar sifatida vaqtni boshqarish koʻnikmasi zamonaviy rahbar kadrlar uchun muhim hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazida “Taym-menejment yoxud hamma narsaga ulgurish sanʼati” mavzusida joriy yilning 20-aprel kuni navbatdagi amaliy-trening tashkil etildi.

Oʻquv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur treningda Tuman (shahar) Moliya boʻlimlarining Budjet daromadlari prognozini tuzish va bazasini mustahkamlash boʻlimi boshliqlari va Oʻquv markazining professor oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Amaliy trening katta oʻqituvchi Matchanov Javlon Yunusjonovich tomonidan olib borildi. Trening davomida tinglovchilarning maqsadga erishishda vaqtni boshqarish yuzasidan bilimlari shuningdek, oʻzlarining vaqt kapitali, vaqt resurslari haqidagi tasavvurlarini boyitish, kasbiy, hayotiy va shaxsiy maqsadlarga erishishda vaqtdan samarali foydalanish koʻnikmalari rivojlantirildi.

Amaliy treningda taym menejment – vaqtni boshqarish sanʼati doirasida tinglovchilar:
- shaxsiy vaqt kapitali bilan ishlashni;
- vaqt kushandalarini bartaraf etish ustida ishlash;
- hayotiy va shaxsiy maqsadlarga erishishda vaqtdan samarali foydalanish;
- maqsadga erishishning “yetti qadami” texnikasi;
- muvaffaqiyatlilar qoidasi;
- rejalashtirishning kvadrat usuli asosida samarali rejalashtirish;
- vaqtni boshqarishni oltin qoidalari;
- vaqtni boshqarish sirlari bilan amaliy tanishdilar.

Trening yakunida tinglovchilar kasbiy faoliyatda oʻzining vaqt kapitali, vaqt resurslari haqida real tasavvur hosil qilishdi, vaqt kushandalarini bartaraf etishni oʻrganishdi, hayotiy va shaxsiy maqsadlarga erishishda vaqtdan samarali foydalanish koʻnikmalarini hosil qilishdi.